Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu va Benzema Audi Cup musobaqasini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldilar
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Rafael Benites rossiyalik yarimhimoyachi Denis Cherishevni Myunxenda bo‘lib o‘tadigan Audi Cup o‘rtoqlik musobaqasida ishtirok etuvchi 24 nafar futbolchi orasiga kiritdi.
Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema jarohatlari tufayli ushbu musobaqada ishtirok eta olishmaydigan bo‘ldi.
Quyida “Real”ning ushbu musobaqaga e'lon qilingan tarkibi keltirilgan:
Darvozabonlar: Navas, Kasilya, Ruben;
Himoyachilar: Varan, Pepe, Ramos, Nacho, Marselo, Karvaxal, Arbeloa, Danilo;
Yarimhimoyachilar: Kroos, Xames, Kazemiro, Beyl, Cherishev, Modrich, Isko, Ilyarramendi, Asensio, Edegor;
Hujumchilar: Xese Rodriges, Lukas Vaskes, Borxa Mayoral.
“Real” 4 avgust kuni musobaqaning yarimfinalida “Tottenxem”bilan o‘ynaydi. Ikkinchi yarimfinalda “Bavariya” va “Milan” bellashadi. Musobaqaning 1- va 3-o‘rinlari uchun o‘yinlar 5 avgustda bo‘lib o‘tadi.