Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 17:34 / 03.08.2015
5257
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent shahri IIBBda o‘rinbosarlar tayinlandi
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, podpolkovnik Barat Hakimovich Mamenov shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari – yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bundan tashqari, podpolkovnik Aziz Abrolovich Sultonov patrul-post xizmat va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi PPX brigadasi komandirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.