Sport | 18:54 / 03.08.2015
3073
1 daqiqa o‘qiladi

Xavi "Al Sadd" tarkibidagi ilk golini kiritdi

"Barselona"ning sobiq futbolchisi, hozirda "Al Sadd" tarkibiga o‘tgan Xavi yangi jamoasi tarkibida o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Unda Xavi jarima to‘pidan gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 

"Al Nasr"ga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida "Al Sadd" 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Ma'lumot uchun, 35 yoshli Xavi "Al Sadd" bilan 2+1 sxemasi asosida shartnoma imzolagan. Yangi jamoa tarkibida ham futbolchi 6-raqam ostida harakat qilmoqda. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish