Sport | 12:05 / 04.08.2015
2179
1 daqiqa o‘qiladi

"Arsenal" "Liverpul" bilan Cherishev uchun kurash olib boradi

"Real" jamoasining rossiyalik yarim himoyachisi Denis Cherishev "Arsenal" jamoasining qiziqishlari doirasiga tushdi.

As nashri xabariga ko‘ra, "Real" bu futbolchisini 21 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgan.

Cherishevga bir necha jamoalardan qiziqish mavjud. Bungacha bunday takliflarning eng yaxshisi "Liverpul" tomonidan bildirilgandi. Mersisaydliklar 24 yoshli Cherishev uchun 17 mln yevro berishga tayyorligini ma'lum qilishgan.

Endilikda esa, "Arsenal" "Real" so‘ragan 21 mln yevroni berishga roziligini bildirgan holda, raqobatda ustunlik qilmoqda.

Biroz oldinroq, "Real" bosh murabbiyi Rafael Benites Cherishevning transfer masalasi mavsumoldi yig‘inlaridan keyin hal qilinishi haqida aytgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish