Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Trampning sayti xakerlar hujumiga uchradi
3 avgustda AQSh prezidenti lavozimiga nomzod, respublikachi Donald Trapmning sayti xakerlar hujumiga uchradi.
Qayd etish joizki, shu kuni Gawker portali Trampning shaxsiy telefoni raqamini chop etdi.
Trampning yordamchilari xakerlar milliarder saytidagi yopiq sahifalarga kira olganlari va uning amerikalik komik Jon Styuartga yuborgan murojaatini chop etganlarini tasdiqladilar. Tramp vakillarining ta'kidlashlaricha, hazil tariqasida yozilgan murojaatda hech qanday maxfiy narsa bo‘lmagan va milliarder chop etilgan telefon raqamidan anchadan beri boshqa foydalanmaydi.