Jahon | 01:30 / 04.08.2015
5094
1 daqiqa o‘qiladi

Gollandiyada ikkita qurilish krani odamlar ustiga tushib ketdi

Gollandiyaning g‘arbida joylashgan Alfen-an-de-Reyn shahridagi pristanda bir vaqtning o‘zida ikkita qurilish krani qulab tushdi.
Kranning og‘ir konstruksiyalari ichida odamlar bo‘lgan imoratlar ustiga tushgan. Ayni paytda kamida 20 kishi jarohat olgani, ulardan ba'zilari jiddiy jarohat olganlari aytilmoqda.

Kranlarning qulashi videoga yozib olindi.

Ma'lum qilinishicha, noxush voqea bu yerda qurilayotgan ko‘prikning qismlaridan biri o‘rnatilayotganda yuz bergan. Voqea tavsiflotlari o‘rganilmoqda. Voqea joyida qutqaruv xizmatlari ish olib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish