Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda kichkina noma'lum jonzotning jasadi topildi
Hindistonning Jodhpur shahri aholisini shu yerdagi quduqlardan biridan topib olingan kichkina sirli jonzot tanasi karaxt holga soldi.
Kichkina "o‘zga sayyoralik"ning surati Facebook ijtimoiy tarmog‘ida bir necha kun avval chop etilgan edi. Suratda hind erkak noma'lum jonzotning o‘lik tanasini qo‘llari bilan ushlab turibdi. Surat muallifining aytishicha, bu o‘zga sayyoralikdan bo‘lak narsa emas.
Oyoq-qo‘llarida to‘rttadan barmog‘i bo‘lgan bu jonzot Rajaston shtatining Jodhpur shahridagi quduqdan topilgan, deb ma'lum qilmoqda The Daily Mirror nashri.
Qayd etish joizki, internet foydalanuvchilar orasida sirli jonzotning kelib chiqishi borasida qizg‘in bahs-munozara yuzaga keldi. Ulardan ba'zilari bu haqiqatda o‘zga sayyoralik deb aytsa, boshqalari bu suratni fotoshop dasturida yaratilgan uydirma surat deb atagan.