Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda Muammar Kaddafining o‘g‘li qiynoqqa solinishi tasvirlangan video tarqaldi
YouTube portaliga Liviyaning sobiq rahbari Muammar Kaddafining o‘g‘li Saadi Kaddafi qamoqxonada tergov qilinishi va qiynoqqa solinishi tasvirlangan lavha joylashtirildi.
Lavhadan ko‘rish mumkinki, qamoqxona nazoratchilar Kaddafining o‘g‘lining ko‘zlarini qora bog‘ich orqali bog‘lashgan va unga nisbatan tahqiromuz munosabatda bo‘lib, savolga tutishgan.
Liviya prokuraturasi ayni vaqtda bu video bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Prokurorning aytishicha, bu borada tegishli tekshiruvlar o‘tkazish orqali mahbuslarga qiynoq ishlatgan shaxslar aniqlanadi va jazolanadi.
Ma'lumot uchun, Saadi Kaddafi o‘tgan yili Nigerdan Liviyaga ekstraditsiya qilingan va turmaga tashlangandi.
Biroz oldinroq, uning akasi Sayf al-Islomni Tripoli sudi o‘limga mahkum etgandi.