Jamiyat | 13:46 / 04.08.2015
3973
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyada vikinglar maktabi ochiladi

Oslo shahridan 150 km g‘arbda joylashgan Norvegiya qo‘shimcha ta'lim kolleji viking bo‘lishni istaganlar uchun maxsus dastur ochadi. Bu haqda TheLocal.no resursi xabar bermoqda.

Dastur qiliq toblash, eshkak eshish, kulolchilik, duradgorlik, zargarlikni o‘z ichiga oladi. Talabalar, shuningdek, somon bilan tom yopishni o‘rganadi. Bundan tashqari, ularga vikinlar urf-odatlari, masalan, qurbonlik qilish o‘rgatiladi.

Kollej direktori Arve Xusbyuning ma'lum qilishicha, muassasa dastur bo‘yicha ko‘plab murojaatnomalar olgan. Kimlardir seriallar ta'sirida vikinglar madaniyatiga qiziqib qolgan bo‘lsa, boshqalar kasb-hunar o‘rganishga qiziqmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish