Light | 01:27 / 04.08.2015
8548
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik imom-xatiblar Novosibirskda

Joriy yilning 30 iyul kuni Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahri bosh imom-xatibi Salim Shakirzyanovning taklifi bilan O‘zbekistonlik imom-xatiblardan to‘rt nafari Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdilar. Ular Toshkent shahri “Hazrati Ali” jome masjidi imom-xatibi Salohiddin Sharipov, “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Odilxon Ismoilov, “Nosirxon” jome masjidi imom-xatibi Jasur Raupov va Toshkent viloyati “Oq masjid” jome masjidi imom-xatibi Ibrohim Inomovlardir.


Imom-xatiblarimiz Novosibirsk shahriga yetib borib, joylarda o‘zlarining diniy-ma'rifiy tadbirlarini boshladilar.
Bu safar tafsilotlari haqida keyinroq batafsil yoritib borishga harakat qilamiz, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi.