Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik sayyoh ayol Turkiyadagi suv attraksionida halok bo‘ldi
Rossiyaning Yamal-Nenets muxtor okrugida Noyabrsk shahrida yashovchi ayolning Turkiyadagi o‘limi yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishi olib borilmoqda.
49 yoshli ayol qizi bilan Turkiyaning Kemer shahrida dengiz bo‘yida dam olish paytida Flyfish suv attraksionida uchishga qaror qildi, biroq bu “ko‘ngilxushlik” ayol va uning qizi uchun ayanchli tarzda yakunlandi.
Flyfish attraksioni katerga bog‘lab qo‘yib uchiriladigan havo bilan to‘ldirilgan katta matrasdan iborat bo‘lib, kater harakatlanganda matras bir necha metr yuqoriga ko‘tarilib, ko‘pincha vertikal holatga kelib, aylanib ketadi va undagi odamlarni suvga itqitib yuboradi.
Ayol matrasdan suvga yiqilganda suv yuzasiga qattiq urilishi oqibatida qovurg‘asini sindirib oldi. Singan suyakning bir qismi uning o‘pkasini teshib yuborgani oqibatida ayol halok bo‘lgan.
Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Ayolning qizi onasining o‘limida zarur xavfsizlik choralarini ko‘rmagan attraksion animatorlari va o‘z vaqtida yordamga yetib kelmagan turk shifokorlarini ayblamoqda.