Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salvadorda futbol o‘yini vaqtida 5 nafar futbolchi otib ketildi
Salvadorning Delgado shahrida havaskor jamoaning 5 nafar futbolchisi o‘yin vaqtida noma'lum shaxslar tomonidan otib ketildi. Bu haqda Elsalvador nashri xabar bergan.
Manbada yozilishicha, 10 nafar jinoyatchi futbolchilarni o‘qqa tutgan. Bu voqea Tranzit koloniyasi va Muqaddas Margarita Ikkinchi koloniyasi jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yin vaqtida yuz berib, halok bo‘lganlarning barchasi birinchi jamoa vakillari bo‘lishgan.
Delgado shahri politsiyasi boshlig‘i Ugo Salinasning xabar berishicha, bu jinoyatchilar to‘dasi o‘yin oxirlagan vaqtda maydonda paydo bo‘lishgan. Taxminlarga ko‘ra, ular San-Antonio daryosi qirg‘og‘i tarafdan kelishgan. Hodisa vaqtida yuzaga kelgan tartibsizlik tufayli ular hududni ta'qibsiz tark etishgan.
Politsiya boshlig‘ining bildirishicha, bu voqea ikki jamoa mansub bo‘lgan ikki hududning jinoiy guruhlari o‘rtasidagi nizoning bir qismi hisoblanadi.