Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:29 / 04.08.2015
3172
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyada gaz quvuri portlab ketdi
Boku-Tbilisi-Kars-Arzirum gaz quvurining Turkiyadan o‘tgan qismida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar bermoqda.
Portlash Kars viloyatida sodir bo‘ldi. Uning natijasida aholiga gaz uzatish to‘xtab qoldi.
Mahalliy hokimiyat vakillarining ma'lum qilishicha, portlash natijasida hech kim zarar ko‘rmagan. Ular voqeani surishtirishga va'da berishdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish