Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kafe va restoranlari eng katta daromadni nonushtadan oladi
AQShda joylashgan kafe va restoranlar oladigan daromadning asosiy qismi nonushtalardan keladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Bu mamlakat mehnat bozoridagi vaziyatning yaxshilanishi bilan bog‘liqdir: fuqarolarning katta qismi ertalabdan shaharga yetib keladi, shuningdek, ovqatlanish uchun pul sarflashga tayyor.
Bunday statistika ayrim kompaniyalar nonushtani kun bo‘yi taklif qilishiga turtki bo‘ldi. Jumladan, Dunkin 'Donuts kun bo‘yi sendvich sotishni yo‘lga qo‘ydi.
“Ishlaydigan odam ko‘proq ovqatlanadi. Bu birinchi navbatda tez ovqatlanish muassasalariga foyda keltiradi, negaki shoshilib turgan odamlar aynan ularga mijoz bo‘ladi”, – dedi statistik tadqiqot olib borgan kompaniya xo‘jayini Malkolm Knapp.