Jahon | 09:48 / 05.08.2015
3351
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada timsoh kallalari saqlanayotgan muzlatkich topildi

Avstraliyaning Shimoliy hududidagi Xampi Du shahrida istiqomat qiluvchi bir guruh o‘smir o‘rmonga tashlab ketilgan muzlatkich topib oldi. Uning ichida 50dan ortiq timsoh kallasi saqlangan. Bu haqda ABC News resursi xabar bermoqda.

Qoldiqlar 80 sm li voyaga yetgan timsohga va ko‘plab timsoh bolalariga tegishli.
O‘rmon qarovchisi Tommi Nikols bunday topilmalar ba'zan bo‘lib turishini ta'kidladi.

Jumladan, ilgari ilonlar, baqalar va itlar jasadiga to‘la muzlatkich topib olganini esga oldi.

Politsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish