Sport | 15:25 / 05.08.2015
7791
1 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi»ning sobiq futbolchisi ruschada so‘kinishni Geynrixdan o‘rganganini ta'kidladi

Moskvaning TsSKA va Londonning «Chelsi» klublari sobiq yarimhimoyachisi chexiyalik Irji Yaroshik Rossiyaning Sports.ru internet-nashri muxbirlari bilan suhbat chog‘ida ruschada so‘kinishni Aleksandr Geynrixdan o‘rgangani haqida aytib berdi.

«TsSKAda to‘p surgan paytlarim, o‘zbekistonlik Aleksandr Geynrix bilan bitta xonada yashaganmiz. U menga ruschada so‘kinishni o‘rgatgan», deya xotirlagan Irji Yaroshik.

Eslatib o‘tamiz, chexiyalik futbolchi 2003 yilgi mavsumda O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Aleksandr Geynrix bilan bir vaqtda TsSKA tarkibiga borib qo‘shilgandi. Moskvadagi ikki yillik faoliyatidan keyin uning keyingi jamoasi Londonning «Chelsi»si bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish