Sport | 08:46 / 05.08.2015
3518
1 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola: Nayjyel de Yongga Kimmix uchun qattiq jahlim chiqqanini aytdim

"Bavariya" jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 4 avgust kuni "Milan"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinning tanaffusida raqib futbolchisi Nayjyel de Yong bilan janjallashganiga izoh berib o‘tdi.

"Men de Yongga xato ish qilganini, Kimmixga qasddan jarohat yetkazib, futbolchiga xos ish qilmaganini aytdim. Joshua endi "Real"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi, u uzoq vaqtga safdan chiqqan bo‘lishi ham mumkin.
Kimmixni 10 yil ichida nemis futbolida o‘zini yorqin tomondan ko‘rsatadigan futbolchilardan biri deb hisoblayman", deydi Gvardiola.

Ular tanaffusdan maydonga qaytish vaqtida yo‘lakda to‘qnash kelishgan va Gvardiola de Yongga baland ovoz bilan o‘z e'tirozlarini bildirgan. Futbolchi esa unga tashlanganida atrofdagi kishilar uni to‘xtatib qolishgan.