Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya Erondagi loyihalarga 2 mlrd dollar investitsiya kiritadi
Tehronda Italiya va Eron rasmiylari muzokaralarining yakunlariga ko‘ra hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik doirasida Italiya Erondagi loyihalarga 2 mlrd dollar investitsiya kiritadi.
Eron matbuotining xabar berishicha, Italiya nomidan hujjatni Mediobanca investbanki vakillari imzolagan. Asosan sanoat va qurilish sohasi loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Sanktsiyalar joriy qilingunga qadar ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 7 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, sanksiyalar joriy qilingach, 1.5 mlrd dollarga tushib ketgan.