Jahon | 06:51 / 05.08.2015
1983
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 16 nafar politsiyachi halok bo‘ldi

Kolumbiyaning shimoli-g‘arbida vertolyot halokatga uchradi va 16 politsiyachining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Bu voqea Antokiya tumani hududida ro‘y bergan. Vertolyot ichida 18 kishi bo‘lgan va ular maxsus operarsiyada ishtirok etayotgan edi. Tirik qolgan 2 kishining ham hayoti xavf ostida qolmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, halokatga vertolyotdagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish