Jahon | 13:09 / 05.08.2015
2975
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: XXR bilan aloqalarning rivojlanishi Rossiyaning manfaatlariga mos keladi

Xitoy bilan aloqalarning rivojlanishi Rossiya tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga to‘la javob beradi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonot berdi.
“Ikki tomonlama aloqalarning rivojlanishi Rossiyaning ustuvor yo‘nalishidir, va bu tinchlik va barqarorlik manfaatlariga ham javob beradi”, – dedi u XXR tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv chog‘ida.
Ikki davlat tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining uchrashuvi ASeAN forumi doirasida o‘tmoqda.
Lavrov may oyida XXR raisi Si Tszinpinning Rossiyaga tashrif buyurganligini ega olib, o‘z navbatida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham yaqinda Xitoyga borishini aytib o‘tdi.
O‘z navbatida, Van I o‘tgan oyda Rossiya ShHT va BRIKS sammitlarini katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazganligini e'tirof etdi.
“Bu yana bir bor Rossiyaning yirik xalqaro tadbirlarni tashkil qilish qobiliyatini hamda mamlakatingizning muhim xalqaro ahamiyatini ko‘rsatib berdi”, – ta'kidladi vazir.
5-6 avgust kunlari Malayziyada Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASeAN) tomonidan bir qancha tadbirlar o‘tkaziladi. Rossiya-ASeAN vazirlar yig‘ilishi, Sharqiy Osiyo sammitiga a'zo davlatlar tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining uchrashuvi, ASeAN mintaqaviy xavfsizlik forumining XXI sessiyasi shular jumlasidandir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish