Sport | 15:49 / 05.08.2015
1794
1 daqiqa o‘qiladi

Luis Enrike: Men Pedroning "Barselona"da qolishini istayman

"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike "Manchester Yunayted"ga o‘tishi kutilayotgan hujumchi Pedroning Kataloniyadan ketishini istamayotgani haqida aytib o‘tdi.

"U yuqori darajadagi futbolchi. U buni "Barselona" va terma jamoa safidagi o‘yinlari orqali isbotlab bo‘lgan. Men murabbiy sifatida uning jamoada qolishini istardim. Men uni kichikligidan taniyman va imkoniyatlarini yaxshi bilaman.
Hozircha uning ketishi yoki ketmasligi haqida hech nima deya olmayman. Balki uning o‘zi yangi gap aytar", - deydi Enrike.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish