O‘zbekiston | 11:35 / 05.08.2015
4763
1 daqiqa o‘qiladi

Ustyurt gaz-kimyo kompleksi 2015 yil sentabrida ishga tushiriladi

Ustyurt gaz-kimyo kompleksining qurilishi 2015 yil sentabrida yakuniga yetadi. Bu haqda Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Li Uk Xon ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning eng istiqbolli sohalaridan biri energetikadir. Bunda O‘zbekistonning tabiiy boyliklari va Janubiy Koreyaning sohada qo‘lga kiritgan zamonaviy tajribasini birlashtirish talab qilinadi.
“Misol tariqasida Ustyurt gaz-kimyo kompleksining qurilishini keltirishimiz mumkin. Surgil koni negizida qiymati 4 mlrd dollariga teng loyiha amalga oshirilmoqda, u joriy yilning sentabrida yakunlanishi rejalashtirilgan”, – elchining so‘zlarini keltiradi O‘zA.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish