Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentabrda xalq sayllari o‘tadigan joylar aniqlandi
Toshkent shahar hokimining 5 avgustdagi farmoni bilan Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan xalq sayllari va bayram tantanalari o‘tkaziladigan joylar belgilab berildi.
Shahar hokimligining axborot xizmati tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, sayllar 1 sentabr kuni soat 11:00dan 18:00gacha 7ta bog‘da o‘tkaziladi:
- Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy bog‘i;
- G‘afur G‘ulom bog‘i;
- Mirzo Ulug‘bek bog‘i;
- Bobur bog‘i;
- Furqat bog‘i;
- “Lokomotiv” bog‘i;
- “Quyoshcha nuri” bog‘i.
Bundan tashqari, bayram mudofaa vazirligi ma'naviyat va ma'rifat markazi, davlat sirki va Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi maydonlarda nishonlanadi.
Hujjat bilan, shuningdek, avgust va sentabr oylarida “Betakrorimsan, yagonasan, ona vatanim – O‘zbekiston!” shiori ostida o‘tadigan tashkiliy-amaliy va madaniy-ma'rifiy tadbirlar dasturi tasdiqlandi.