Jahon | 00:42 / 06.08.2015
2562
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Turkiya hududidan Suriyaga aviazarbalar berishni boshladi

AQSh Turkiya hududidan Suriya hududiga ilk aviazarbalarini berishni boshladi, deb xabar berdi 5 avgustda CNN telekanali.

Turkiya iyul oyida AQShga turk aviabazalaridan biridan Suriyadagi “IShID” terrorchilik guruhi pozitsiyalariga aviazarbalar berish imkoniyatini taqdim qilgan edi. Ikki tomon, shuningdek, Suriya hukumat qo‘shinlari, “IShID” va “Jibhat an-Nusra” guruhlari tomonidan qarshilikka uchrayotgan Suriya qurollangan muxolifati uchun Suriya shimolida “xavfsizlik hududini” tashkil qilish imkonini muhokama qilgan edilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish