Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Chelsi" Xalqaro chempionlar kubogi doirasidagi o‘yinda "Fiorentina"dan mag‘lub bo‘ldi
5 avgust oqshomida "Chelsi" o‘z uyida "Fiorentina" jamoasiga qarshi Xalqaro chempionlar kubogi doirasidagi navbatdagi o‘yinini o‘tkazdi. Bu o‘yin maydon egalarining 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
O‘yindagi yagona gol mehmonlar himoyachisi Gonsalo rodriges hisobiga yozildi.
Chelsi (London, Angliya) – Fiorentina (Florentsiya, Italiya) – 0:1
Gol: Gonsalo Rodriges, 34 (0:1).
Ogohlantirishlar: Zuma, 90+2; Matich, 90+3 – Ronkalya, 52; Xegazi, 83; Xoakin Sanches, 90+3.
Qayd etish joizki, «Chelsi» ushbu turnir doirasida shu vaqtgacha 3ta o‘yin o‘tkazgandi va hech birida asosiy vaqtda g‘alaba qozona olmagandi. Dastlab «Nyu-York Red Bullz» «Chelsi»ni — 4:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, «PSJ» va «Barselona» ga qarshi o‘yinlarning asosiy vaqtida durang natija qayd etilgandi. Shuningdek, londonliklar 2 avgust kuni Angliya Superkubogi uchun o‘yinda "Arsenal"ga mag‘lub bo‘lishgan (0:1).
«Fiorentina»ning Xalqaro chempionlar kubogi doirasidagi o‘yinlari: «PSJ» – «Fiorentina» — 4:2; «Benfika» – «Fiorentina» — 0:0 (4:5); «Fiorentina» – «Barselona» — 2:1.