Iqtisodiyot | 22:48 / 06.08.2015
2552
1 daqiqa o‘qiladi

Coca-Cola kompaniyasi Yevropadagi shohobchalarini birlashtirmoqchi

AQShning Coca-Cola Enterprises, Ispaniyaning Coca-Cola Iberian Partners va Germaniyaning Coca-Cola Erfrischungsgetranke kompaniyalari bitta kompaniyaga birlashtiriladi. Bu haqda Coca-Cola Company bergan xabarda aytildi.

Yangi xolding Coca-Cola European Partners deb nomlanadi va tushum bo‘yicha Coca-Cola ichimliklarini quyuvchi dunyodagi eng yirik mustaqil kompaniyaga aylanadi.

Joriy yilda yangi tuzilmaning umumiy tushumi 12,6 mlrd dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu birlashish evaziga Coca-Cola Company kompaniyasi yaqin uch yil ichida yiliga 350-375 mln yevro tejay olishi mumkin.

Birlashgan kompaniyaning ixtiyoriga 50 ta korxona kiradi, kompaniyaning xodimlari soni 27 ming kishini tashkil qiladi. Kompaniya 300 mln iste'molchiga xizmat ko‘rsatadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish