Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eldar Ryazanov shifoxonadan chiqdi
2 avgustda shifoxonaga yotqazilgan rossiyalik rejissyor Eldar Ryazanov shifoxonadan chiqdi. Rejissyor yaqinlarining aytishicha, shifoxonada rejissyorning qon tomirlari tozalangan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ryazanov 2 avgustda shifoxonaga yotqazilgandan keyin OAVlarda unda infarkt yoki yuragida operatsiya bo‘lgani haqida xabarlar berila boshlandi. Biroq mashhur rejissyorning yaqinlari bu axborotni inkor etdilar va Ryazanov tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgani matbuotda sarosima ko‘tarilishiga sabab bo‘lganini taxmin qilishdi.
Eldar Ryazanov – Sobiq ittifoq xalq artisti. U “Karnaval kechasi”, “Gusar balladasi”, “Avtomobildan ehtiyot bo‘ling!”, “Shafqatsiz romans”, “Ishqdagi ishq”, “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling”, “Garaj” kabi ko‘plab mashhur filmlarni suratga olgan.