Jamiyat | 17:57 / 06.08.2015
2435
1 daqiqa o‘qiladi

Jan-Pol Belmondo va Alen Delon yana ekranda uchrashadi

Fransiyaning mashhur aktyorlari Jan-Pol Belmondo va Alen Delon yana ekranda uchrashadi.

Fransiyaning TF-1 kanali kuzgi dastur uchun “Belmondo Belmondo haqida” hujjatli filmini tayyorlamoqda.

Filmda voqealar birinchi shaxsdan hikoya qilinadi. Bosh qahramon loyihaning muallifi bo‘lmish o‘g‘li Polga batafsil intervyu berishga rozi bo‘ldi.
Alen Delon esa kartinada taklif qilingan yulduz tariqasida ishtirok etadi.

Ikki yulduz yarim asr mobaynida kino olamidagi yetakchilik uchun kurashib kelgan edi. Express jurnaliga bergan intervyusida Alen Delon “Belmondosiz Delon bo‘lmas edi, Delonsiz Belmondo bo‘lmas edi” degan edi. Har ikkala aktyor ishtirok etgan “Borsalino” (1970) kartinasi Fransiya kinomatografidagi eng kassabop filmlardan biri hisoblanadi.

Hujjatli film Fransiya, Jazoir va Braziliyada suratga olindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish