Sport | 11:32 / 06.08.2015
2348
1 daqiqa o‘qiladi

Joze Mourino: Haqiqiy o‘yinlar shanba kuni boshlanadi

"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino Xalqaro Chempionlar Kubogi musobaqasida "Fiorentina"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yin bizga yaxshigina mashg‘ulot vazifasini bajarib berdi. Ayniqsa, yosh futbolchilar uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi. Boshqalar ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishdi. Albatta, menga qolsa 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandan ko‘ra, 5:0 hisobida g‘alaba qozonganimiz yaxshi edi.

Umuman gol kiritmagandan ko‘ra, 10talab gol kiritish menga yoqishi aniq. Ammo haqiqiy o‘yinlar shanba kunidan boshlanadi", - deydi Mourino.

Ta'kidlash joizki, 8 avgust kuni "Chelsi" APLning birinchi turida "Suonsi"ga qarshi maydonga tushadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish