Jahon | 09:16 / 06.08.2015
1610
1 daqiqa o‘qiladi

L1 Energy Meksikaga investitsiya kiritadi

Rossiyalik tijoratchi Mixail Fridman nazorati ostidagi L1 Energy kompaniyasi Meksikaga uzoq istiqbolli kiritmalar amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning ijrochi direktori lord Jon Braun “Vedomosti” gazetasiga bergan intervyusida ma'lumot berdi.
Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatga javobgar etib Schlumberger’ning ushbu mintaqa bo‘yicha ijrochi direktori Xuan Manuel Delgado tayinlangan.
Ekspertlarning fikricha, kompaniya Meksika loyihalari bo‘yicha tenderlarning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish