Texnologiya | 18:38 / 06.08.2015
5656
2 daqiqa o‘qiladi

MAKS-2015 aviasalonida 100dan ortiq havo kemalari namoyish etiladi

Rossiyada bo‘lib o‘tadigan MAKS-2015 aviasaloni ekspozitsiyasidan 119 havo kemalari o‘rin oladi. Ulardan 18tasi harbiy havo kuchlariga tegishli modellardir. Bu haqda salon tashkilotchilari matbuot vakillari bilan muloqot chog‘ida axborot berishdi.

“MAKS-2015ning statik eskpozitsiyasida 119 havo kemalari ishtirok etadi. Eng yirik ekspozitsiyalarni Birlashgan aviasozlik korporatsiyasi va “Rossiya vertolyotlari”taqdim etadi. Harbiy havo kuchlari statik ekspozitsiyaga 18 samolyot yuboradi”, – dedi tashkilotchilardan biri.

Jukovsk shahri ma'muriyati tarixiy havo kemalarini taqdim etadi, ular orasida Tu-144 yo‘lovchi layneri va Tu-155 tajriba samolyoti bo‘ladi.

Shuningdek, salon mehmonlari I-15BIS va MiG-3 qiruvchilarini, DC-3 harbiy transport samolyotlarini, I-153 "Chayka", DIT, Po-2 samolyotlarini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Xalqaro aviatsion va kosmik salon – MAKS-2015 25-30 avgust kunlari Moskva viloyatidagi Jukovsk shahrida o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish