Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona pastladi
FIFA 2015 yilning 6 avgust kunida terma jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi.
Yangi reytingga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan oydagidan bir pog‘ona pastlagan va 452 ochko bilan 76 o‘rinda qayd etildi.
O‘zbekiston terma jamoasidan bir pog‘ona yuqorida Farer orollari terma jamoasi joylashgan.
Osiyo terma jamoalari bo‘yicha O‘zbekiston oltinchi bo‘lib turibdi.
Eron 716 ochko bilan 42 o‘rin, Yaponiya 621 ochko bilan 53 o‘rin, Janubiy Koreya 608 ochko bilan 56 o‘rin, Avstraliya 559 ochko bilan 65 o‘rin hamda BAA 457 ochko bilan 69 o‘rinda o‘rnashgan.
Eng yuqori o‘nlikda ham o‘tgan oydagi holat o‘zgargan, bu safar birinchi o‘ringa Germaniya terma jamoasi o‘rniga Argentina ko‘tarilgan. Ikkinchi o‘rinda Belgiya , uchinchi o‘rinda esa Germaniya terma jamoasi joylashgan.
Keyingi o‘rinlarda esa Kolumbiya, Braziliya, Portugaliya, Ruminiya, Angliya, Uels va Chili terma jamoalari qayd etilgan.