Jahon | 16:29 / 06.08.2015
1597
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko mahalliy saylovlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mahalliy saylovlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident ma'muriyati rahbarining o‘rinbosari Vitaliy Kovalchukning so‘zlariga tayangan holda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Ilgariroq Oliy Rada mahalliy saylovlar haqidagi qonunni qabul qilib, prezidentga yuborganligi haqida ma'lum qilingan edi. Qonunda, xususan, Qrim va Donbassda “vaqtinchalik okkupatsiya va harbiy agressiya” tufayli mahalliy saylovlar o‘tkazilmasligi ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi rahbariyati 2014 yil sentabridagi Minsk kelishuvlariga binoan Donbassning uning tarkibiga kirmagan tumanlarida ham saylovlar o‘tkazilishiga qarshi chiqmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish