Jahon | 14:21 / 06.08.2015
2128
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya YuKOS ishi bo‘yicha o‘z manfaatlarini AQShda himoya qiladi

Rossiya bir qator yuristlarni yollab, ularni YuKOS ishi bo‘yicha o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun AQShga yubordi. Gaaga hakamlik sudi qaroriga binoan, Rossiya YuKOS aksiyadorlariga 50 mlrd dollar to‘lashi kerak. Bu haqda “Kommersant'” gazetasi yozmoqda.

Rossiya manfaatlarini White & Case yuridik kompaniyasi himoya qiladi. Kompaniya allaqachon sud majlisi muddatini orqaga surish borasida kelishuvga erishdi. Bunga asosiy sabab sifatida ishning “o‘ziga xosligi” va tovon pulining “Rossiya byudjyeti daromadlarining chorak qismini tashkil qilishi” ko‘rsatilgan.

AQShdagi sud jarayoni 2016 yili boshlanadi. Sudga Rossiya nuqtai nazarini kompaniya 20 oktabrga qadar taqdim etishi lozim. O‘z navbatida, arz qiluvchilar unga 22 dekabrga qadar javob beradi, Rossiya esa 2016 yil 29 yanvarigacha o‘z dalillarini keltiradi.
Rossiyaning o‘z nuqtai nazarini taqdim etishiga belgilangan ilgarigi muddat 21 avgustga qadar deb belgilangan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish