Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 12:22 / 06.08.2015
1847
1 daqiqa o‘qiladi
"San-Antonio" basketbolchisi o‘z krossovkalari uchun alohida uy qurdiradi
"San-Antonio" jamoasi a'zosi Lamarkus Oldrij o‘z krossovkalari uchun alohida uy quradi. Bu uy uning mulkidagi asosiy binoning orqasidan joy oladi.
"O‘ylashimcha, bu bino 10 kun ichida tayyor bo‘ladi. Uyimdagi shkafda yuzlab krossovkalar yig‘ilib qolgan. Tomda ham shunchasi bor. Polda ham ko‘plab oyoq kiyimlar sochilib yotibdi", deydi u SLAM Online nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Oldrij shu yozda "San-Antonio" bilan 4 yillik shartnoma tuzdi. Bu vaqt davomida u jamoadan 80 mln dollar maosh oladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish