Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotadan yovvoyi holda o‘sayotgan nasha terib kelayotgan o‘rtoqlar patrul tomonidan ushlab qolindi
Zangiotadan yovvoyi holda o‘sayotgan nasha terib kelayotgan o‘rtoqlar – 1990 yili tug‘ilgan Denis Sergeyev va 1988 yili tug‘ilgan Rafik Igorevlar patrul tomonidan ushlab qolindi. Bu haqda “Ogoh” nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, do‘stlar Zangiotadagi keng dalalarga dam olishga chiqishgan. Shu yerda ular yovvoyi holda o‘sayotgan nasha o‘simligini topib olishgan. Buni shaharga olib borib pullashga qaror qilib, imkon boricha to‘plashgan va mashinaga ortib shaharga yo‘l olishgan.
Ammo poytaxtning Sirg‘ali tumani Sputnik-15 dahasida joylashgan avtopark yonida xizmat olib borayotgan xodimlar ularni qo‘lga olishgan.