Jahon | 18:02 / 07.08.2015
1916
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Yaponiya yadroviy qurolsizlanish sohasida hamkorlik qiladi

AQSh va Yaponiya yadro qurolidan holi dunyo yaratish borasida hamkorlik qilishini tasdiqladi.

Yaponiya TIVning ma'lum qilishicha, bu haqda tashqi ishlar vaziri Fumio Kisidaning AQSh davlat kotibining qurollanishni nazorat qilish va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Rouz Gottemyuller bilan telefon muloqoti chog‘ida aytilgan.

“Ikki tomon Xirosimaning yer yuzidan supurib tashlanganligiga 70 yil to‘lgan sanada yadro qurolidan holi dunyo yaratish borasida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi”, – deyiladi xabarnomada.

6 avgust kuni Gottemyuller Xirosima qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish