Jahon | 00:49 / 07.08.2015
2396
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda 35 yil avval o‘g‘irlab ketilgan Stradivari skripkasi topildi

AQSh politsiyasi 35 yil avval o‘g‘irlab ketilgan Stradivari skripkasini topdi, deb xabar bermoqda ABC.News telekanali.

Skripka Roman Totenberg ismli musiqachidan uning chiqishidan keyin o‘g‘irlab ketilgan.

Federal qidiruvlar byurosi ushbu topilma berilishi kerak bo‘lgan musiqachining qizi – Nina Totenberg bilan bog‘landi.

“Qandaydir vaqt davomida men buning chin ekanligiga ishonmadim”, deb aytmoqda musiqachining qizi.

Totenbergning o‘zi 2012 yilda 101 yoshida o‘z asbobini boshqa qaytib ko‘rmagancha hayotdan ko‘z yumdi.

“Bu mening otam uchun naqadar katta judolik bo‘ldi. Bu hodisa ro‘y bergandi otam go‘yoki qo‘lini yo‘qotgandek o‘zini his qilayotganini aytgan edi”, deb aytmoqda skripkachining ikkinchi qizi Jill Totenberg.

Politsiyaning ma'lum qilishicha, o‘g‘irlik bo‘yicha da'vo arizasi uni bajarganlikda gumon qilinuvchi shaxs allaqachon o‘lgani sababli taqdim qilinmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish