Jahon | 17:37 / 07.08.2015
1933
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziyada sayyohlar ketayotgan avtobus daryoga qulab tushdi

Malayziyaning shimoli-sharqida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berishi oqibatida sayyohlar ketayotgan avtobus daryoga qulab tushdi.

Mahalliy nashrlardan birining ma'lum qilishicha, bu hodisa tufayli 45 kishi jabrlangan. Ulardan 16 nafari sayyohlar ekani aytilgan.

Ayni vaqtda jarohatlanganlar shifoxonaga olib borilgan. Ulardan 7 nafarining ahvoli og‘irligi aytilgan.

Politsiyaning ma'lum qilishicha, haydovchi ko‘prik ustida boshqaruvni yo‘qotgan va avtobus to‘siqni buzib, daryoga qulagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish