Texnologiya | 07:07 / 07.08.2015
3153
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda profillar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar ishga tushiriladi

Buyuk Britaniyaning “Dartlex Impex LLP” kompaniyasi O‘zbekistonning “J-United Group” MChJ va xususiy tadbirkorlar bilan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy hududida (EIIH) “Green Line Profil” va “National Plast” qo‘shma korxonalarini yaratishdi.

“Navoiy” EIIH ma'muriyatining ma'lum qilishicha, ta'sischilar “Navoiy” EIIHda “Dartlex Impex LLP” britan kompaniyasi bilan birga “Alyuminiy profillar va 35 tonna hajmdagi boshqa alyuminiy buyumlarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish” va “Profillar va 42,0 ming tonna hajmdagi PVXdan buyumlar ishlab chiqarishni tashkillashtirish” investitsion loyhalarini amalga oshirish uchun qo‘shma korxona tuzishdi.

Investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida qo‘shma korxonalar ta'sischilari tomonidan birinchi loyihaga 35,2 mln dollar, ikkinchi loyihaga 20,33 mln dollar sarmoya kiritiladi.

Loyihani amalga oshirish doirasida ishlab chiqarishni o‘zlashtirish jarayonida mahalliylashtirish ulushini bosqichma-bosqich ko‘paytirish bilan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish