Jahon | 17:21 / 07.08.2015
2170
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda bir kechada oltita xorij mashinasi yonib ketdi

Sankt-Peterburgda bir kechada oltita xorijiy avtomashina yonib ketdi. Bu haqda “Voditel Peterburga” nashri xabar berdi.
Xususan, Audi Q7 mashinasining ichiga benzin to‘la kanistra tashlangan. O‘t o‘chiruvchi xizmat xodimlarining o‘z vaqtida amalga oshirilgan tadbirlari natijasida olov o‘chirildi.
Shuningdek, shaharning boshqa qismlarida bir paytning o‘zida yana beshta mashina yoqib yuborildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish