Sport | 09:59 / 07.08.2015
1677
1 daqiqa o‘qiladi

"Rosgosstrax" RFPLning bosh homiysi bo‘ladi

Keyingi haftada RFPL homiylik shartnomasi imzolaydi. Bu haqda "Sovetskiy sport" nashri yozgan.

Rossiya futbolidagi bir qancha ishonchli manbalar RFPL o‘ziga "Rossgosstrax" kompaniyasini homiy qilib tanlagani haqida aytishgan.
"Doma futbola" nashrida ham bu ma'lumot tasdiqlangan. Bundan tashqari, bu kompaniya Rossiya futbol ittifoqiga ham homiylik qilishi mumkinligi aytilgan.

Qayd etilishicha, tomonlar ayni paytda 3 yilga shartnoma imzolash borasida muzokara olib borishmoqda. "Rosgosstrax" 2006-2011 yillarda ham ligaga homiylik qilgandi.
Ma'lumot uchun, 2011 yildan o‘tgan mavsum yakunigacha RFPL va RFIga SOGAZ homiylik qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish