Jahon | 08:45 / 07.08.2015
2156
1 daqiqa o‘qiladi

Rosselxoznadzor Belarus va Qozog‘iston bilan chegaralarda postlar miqdorini ko‘paytiradi

Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorati qo‘mitasi (Rosselxoznadzor) Belarus va Qozog‘iston bilan chegaralarda postlar miqdorini ko‘paytiradi. Bu haqda “Izvestiya” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, yil boshidan buyon bu ikki davlatdan Rossiyaga 3.5 tonna sanktsion mahsulot olib kirilishining oldi olingan. Bu Rossiyaga kirib kelayotgan man qilingan mahsulotlarning beshdan bir qismiga tengdir.
Taqiqlangan mahsulotlar ushlab qolinishi ko‘rsatkichlarini 50 foizga yetkazish maqsadida idora Belarus va Qozog‘iston bilan chegaralarda tekshiruv postlari miqdorini ko‘paytirmoqchi. Ta'kidlanishicha, YeIIga kiruvchi ushbu ikki davlatdan man qilingan mahsulotlarning asosiy qismi kirib kelmoqda.
Belarus bilan chegarada idoraning 6ta, Qozog‘iston chegarasida esa 35ta punkti joylashgan. Mamlakatlar o‘rtasida bojxona nazoratining yo‘qligi ham ishni murakkablashtirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish