Jamiyat | 11:33 / 07.08.2015
3096
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada odamlarga qarab yuk mashinasini haydagan odam 17 yilga qamaldi

Rossiya sudi Novokuznetsk shahrida istiqomat qiluvchi Vladimir Korobeynikovni 17 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Interfaks agentligi yozmoqda.
Xabarnomada keltirilishicha, 2014 yilning 8 iyun kuni u mast holda “MAZ” katta yuk avtomobilida do‘konga yo‘l olgan. Savdo binosi yaqinida u bir kishi bilan tortishib qolgan, voqea mushtlashishgacha yetib borgan. Korobeynikovaning rafiqasi ularni ajratishga harakat qilgan, ammo boshidan zarba yegan.

Mushtlashuvdan so‘ng Korobeynikov mashinasiga o‘tirib, u bilan janjallashgan erkak, shuningdek, uning yonida turgan 13 yoshli qiz va 25 yoshli ayolning ustiga mashinani haydagan.

Natijada erkakka og‘ir tan jarohatlari yetkazilgan. 13 yoshli qiz voqea joyida halok bo‘lgan, ayol esa yengil jarohatlangan. Ushbu jinoyalardan so‘ng haydovchi voqea joyidan qochib ketgan va shu kunning o‘zidayoq qo‘lga olingan.
Korobeynikov 17 yillik jazoni og‘ir tartibli koloniyada o‘tkazadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish