Sport | 09:24 / 07.08.2015
1648
1 daqiqa o‘qiladi

Terri Anri: Sanches APLda yangi mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘ladi

"Arsenal" jamoasining sobiq futbolchisi, ayni vaqtda Sky Sports telekanalida tahlilchi bo‘lib ishlayotgan Terri Anri 2015-16 yillar mavsumida APLning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘lishi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘ylashimcha, Aleksis Sanches yil o‘yinchisi bo‘ladi. Men u yangi mavsumda o‘tgan mavsumdagi a'lo darajadagi o‘yinlarini takrorlashiga ishonaman.
Agar "Arsenal" APLda chempion bo‘lishni istasa, Aleksisga shunday mavsum o‘tkazish uchun imkon va sharoit yaratib berishi kerak bo‘ladi. O‘ylashimcha, u bunga loyiq futbolchi", deydi Anri.

Ma'lumot uchun, Sanches o‘tgan mavsumda APLning 35ta o‘yinida maydonga tushdi va 16ta gol urib, 8ta golli pas amalga oshirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish