Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada YTHga uchragan rossiyalik sayyohlarning ro‘yxati e'lon qilindi
Rossiyaning Anqaradagi bosh konsulxonasi 6 avgust kuni Turkiyada yo‘l-transport hodisasiga uchragan rossiyalik sayyohlarning ro‘yxatini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar bergan.
"Rossiya bosh konsulxonasi xabar qiladiki, 6 avgust kunining ikkinchi yarmida, soat 16:00 atrofida Turkiyaning Denizli viloyatining Serinxisar qishlog‘ida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. YTHga uchragan avtobusda 38 sayyoh ketayotgan bo‘lgan, ularning 23 nafari rossiyalikligi aniqlangan", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, jarohatlanganlarning 2 nafarining ahvoli juda og‘irligicha qolmoqda.
Biroz oldinroq, ushbu YTH natijasida 4 nafar kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi. Mahalliy OAVda esa halok bo‘lganlar soni 6 nafarligi aytilgan.