Jahon | 07:33 / 07.08.2015
8013
2 daqiqa o‘qiladi

UYeFA Rossiya va Ukraina klublarini qur'a tashlashda ajratishni davom ettiradi

UYeFA Chempionlar Ligasi va Yevropa ligasi guruh bosqichlari uchun qur'a tashlash paytida Rossiya va Ukraina klublarini bitta guruhga tushib qolmasliklari uchun ularni ajratishni davom ettiradi. Bu haqda UYeFA matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar 2014 yilning fevralida Kiyevda hukumat almashgandan keyin keskinlashib ketdi. G‘arb bu almashuvni qo‘llab-quvvatlagan, Moskva esa buni to‘ntarish deb atagan. Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi va Ukraina sharqida Ukraina qurolli kuchlarining maxsus operatsiyalarni boshlashi vaziyatni yanada chuqurlashtirib yubordi. Shu tufayli UYeFA Rossiya va Ukraina klublariga xavfsizlik nuqtai nazaridan yevrokubok o‘yinlarida to‘qnashishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qaror qabul qildi.

“Hozircha hammasi avvalgidek qoladi: ukrain va rus klublari bitta guruhga tushmaydilar va bir-birlari bilan Yevropa Ligasida ham, Chempionlar Ligasida ham o‘ynamaydilar. Agar nimadir o‘zgarsa biz bu haqda xabar beramiz”, deb aytmoqda UYeFA matbuot xizmati.

Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash tashlash paytida Moskvaning TsSKA klubi saralanmagan jamoalar qatoriga kiritildi va nazariy jihatdan Donetskning “Shaxtyor” klubiga qarshi o‘ynashi mumkin edi. Yevropa Ligasining final saralash bosqichining to‘liq tarkibi uchinchi kvalifikatsion bosqichning javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tgandan keyin aniq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish