Jamiyat | 21:16 / 07.08.2015
2574
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada yangi filmlarni suratga olishga mablag‘ yo‘qligi aytildi

2016 yilda Ukraina kino ishlab chiqarish sanoatini moliyalashtirish uchun 500 mln grivna (joriy kurs bo‘yicha 22,7 mln dollar) talab etiladi, deb aytdi Ukraina kino masalalari bo‘yicha davlat agentligi rahbari Filipp Ilenko.

“Kino sanoati uchun keyingi yilda 500 mln grivna, joriy yilning oxirigacha esa 120 mln grivna (5,5 mln dollar) kerak bo‘ladi. Joriy yilda birorta ham yangi loyiha boshlamaymiz, ba'zilarini esa moliyalashtira olmaymiz. Joriy yilda chiqarishga tayyor loyihalarni yakunlash uchun qo‘shimcha mablag‘ talab etiladi”, deb aytdi Ilenko onlayn-anjumanda.

Avvalroq agentlik hukumatdan mahalliy kinematografni rivojlantirish uchun sarf-xarajatlarni ko‘paytirishni so‘ragan edi. 2014 yilda agentlik mo‘ljallangandan 100 mln grivna kamroq pul olgan va shuning oqibatida mamlakatdagi kino sanoati batamom to‘xtab qolgan.

Ukraina davlat byudjyetida 2015 yil dasturiga ko‘ra, “milliy filmlarni yaratish va tarqatish, “Aleksandr Dovjyenko milliy markazi”ni davlat tomondan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 66,82 grivna (3 mln dollar) ajratilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish