Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda havaskor video ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlanadi
Xitoy rahbariyati mahalliy ijtimoiy tarmoqlarga havaskor videolar joylashtirishni taqiqladi. Endilikda bunday videolarni joylashtirganlar jazoga tortilishi mumkin. Bu haqda The South China Morning Post gazetasi yozmoqda.
Tashabbus pornografiya va qonuniy nashrlarga qarshi kurash bo‘yicha Butunxitoy ishchi guruhi devonxonasiga tegishli. Murojaatnomada ta'kidlanishicha, oxirgi paytlarda xitoyliklar o‘z shaxsiy hayotlaridan nozik mazmundagi havaskor videolavhalar suratga olib, ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishni odat qilmoqda.
Jumladan, 5 avgust kuni Chjetszyan viloyatidagi Lishuy shahridagi savdo markazidagi katta monitorda mana shunday video qo‘yib yuborildi. Shu kunning o‘zida Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Chendu shahrida tasvirga olingan xoum-video chiqib ketdi. Politsiya ushbu video muallifini qo‘lga oldi.
Ilgariroq Xitoyda yirik internet kompaniyalari, ijtimoiy va savdo maydonchalari kiberxavfsizligini ta'minlaydigan politsiya bo‘linmalari tashkil etilishi aytilgan edi.