Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari Eronga tashrif buyuradi
Yaponiya iqtisodiyot va sanoati vaziri Daysiro Yamagiva 8-9 sentabr kunlari Eronga ishchi safar bilan keladi. U bu yerda Eron rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Kiodo agentligi ma'lum qildi.
Bu tashrif Yaponiyaning yuqori lavozimli mansabdor shaxsining Eronga 14 yildagi ilk tashrifi bo‘ladi. Tashrif davomida Daysiro Yamagiva Eron sanoat va neft vazirlari bilan uchrashadi. Yamagivaga tashrif paytida yapon banklari, savdo, qurilish va neftni qayta ishlash kompaniyalarining 20 vakili hamrohlik qiladi. Yapon biznesi o‘zining Eronga eksporti va bu mamlakatda infratuzilmani yaratish bo‘yicha loyihalarga buyurtmalarni olishdan manfaatdor. Yaponiya Erondan neft va gaz yetkazib berilishiga ham qiziqish bildirmoqda.
Yaponiyaning Eronga eksporti hajmi 2013 yil holatiga ko‘ra 170 mln dollarni tashkil qilgan. Yaponiyadan Eronga asosan avtomobillar va ularga butlovchi qismlar, umumiy maqsadlar uchun ishlatiladigan asboblar va tibbiyot uskunalari eksport qilinadi.